#NovaMaslahat · 4 daqiqa o'qish
Yorliq nega o'chib ketadi va buni qanday oldini olish mumkin?
Etiketka va kiyim yorlig'idagi yozuv nega xiralashadi yoki o'chadi: noto'g'ri usul, ribbon, harorat va saqlash. Har bir sabab uchun yechim.
Shtrix-kod skanerdan o’tmayapti, kiyim yorlig’idagi yozuv yuvishdan keyin yo’q bo’lib qoldi, ombordagi yorliq sarg’aydi — bularning har biri uchun aniq sabab bor.
1. Termoetiketka uzoq saqlash uchun ishlatilgan
Termoqog’oz issiqlik bilan qorayadi va issiqlik, quyosh nuri hamda vaqt ta’sirida xiralashadi. Bir necha haftalik yuk xati uchun bu normal, lekin oylab saqlanadigan tovar uchun emas.
Yechim: uzoq saqlanadigan yorliq uchun termotransfer usuli (etiketka + ribbon).
2. Ribbon materialga mos emas
Satin yoki sintetik etiketkaga wax ribbon bilan bosilgan yozuv ishqalanganda yoki yuvilganda tez ketadi.
Yechim: qog’ozga — wax, sintetikaga — wax-resin, satin va neylonga — resin.
3. Bosish harorati yoki tezligi noto’g’ri
Harorat past bo’lsa, bo’yoq yaxshi yopishmaydi; juda baland bo’lsa — chiziqlar yoyilib ketadi. Juda tez bosish ham sifatni tushiradi.
Yechim: printer sozlamasida “darkness” (qoralik) va tezlikni material uchun alohida sozlash.
4. Golovka iflos yoki eskirgan
Yozuvda oq vertikal chiziqlar paydo bo’lsa — golovkada yelim, chang yoki shikast bor. Shtrix-kod ayni shu chiziq tufayli o’qilmay qoladi.
Yechim: golovkani muntazam spirt bilan tozalash. Chiziq yo’qolmasa — golovkani almashtirish kerak.
5. Saqlash sharoiti
Termoetiketka rulonlari issiq joyda yoki quyosh tushadigan javonda tursa, bosilishidan oldin ham sarg’ayishi mumkin.
Yechim: etiketkani salqin, quruq va qorong’i joyda saqlang.
Qisqa qoida: yorliq qancha uzoq yashashi kerak bo’lsa, shuncha termotransfer va resinga yaqinlashing.
Yorliqlaringiz o’chib qolyaptimi? Namuna rasmini Telegram’ga yuboring — sababini aytamiz.