#NovaMaslahat · 4 daqiqa o'qish
Ribbon qanday tanlanadi: wax, wax-resin yoki resin?
Wax, wax-resin va resin ribbonning farqi, qaysi etiketka va lentaga qaysi ribbon mos. Ribbon tanlashda ko'p uchraydigan xatolar.
Termotransfer printerda yorliq sifati ko’pincha printerga emas, ribbonga bog’liq. Bir xil printerda noto’g’ri ribbon bilan bosilgan yorliq barmoq bilan ishqalansa o’chib ketadi.
Uch asosiy tur
Wax (mum). Eng arzon va eng ko’p ishlatiladigan tur. Oddiy qog’oz etiketkaga yaxshi bosadi. Ishqalanish va namlikka chidamliligi o’rtacha.
Wax-resin (mum + smola). O’rta variant. Yarim yaltiroq va sintetik etiketkaga mos, ishqalanishga wax’dan ancha chidamli. Ombor va logistika uchun yaxshi tanlov.
Resin (smola). Eng chidamli tur. Satin va neylon lenta, sintetik plyonka, yuvish, kimyo va issiqqa chidashi kerak bo’lgan yorliq uchun. Kiyim yorlig’iga — faqat resin.
Materialga qarab qisqa jadval
| Etiketka yoki lenta | Ribbon |
|---|---|
| Oddiy qog’oz etiketka | Wax |
| Yarim yaltiroq, sintetik etiketka | Wax-resin |
| Satin lenta, neylon lenta | Resin |
| Yuvish, kimyo, issiq | Resin |
Yana nimaga qarash kerak
- Kenglik. Ribbon etiketkadan biroz kengroq bo’lishi kerak, aks holda chekkasi bosilmaydi.
- Bo’yoq tomoni. Ribbon “ichki” (IN) yoki “tashqi” (OUT) o’ralgan bo’ladi. Printeringizga mosini oling — noto’g’risi umuman bosmaydi.
- O’zak (vtulka) va uzunlik. Ish stoli printeri va sanoat printeri uchun rulon o’lchami har xil.
Ko’p uchraydigan xato: satin lentaga wax ribbon bilan bosish. Yorliq birinchi yuvishdayoq o’chib ketadi.
Printer modeli va etiketka materialini yozing — kenglik, o’ralish tomoni va turini to’g’ri tanlab beramiz.