Asosiy qismga o'tish

#NovaMaslahat · 5 daqiqa o'qish

Kiyim yorlig'ida nima bo'lishi kerak?

Brend yorlig'i va tarkib-parvarish yorlig'ining farqi, yorliqqa yoziladigan asosiy ma'lumotlar va material tanlash bo'yicha maslahat.

Kiyimda odatda ikki xil yorliq bo’ladi: brend yorlig’i (yoqa yoki belda, logotip bilan) va tarkib va parvarish yorlig’i (yon chokda). Ikkalasining vazifasi har xil, shuning uchun materiali ham har xil tanlanadi.

Brend yorlig’i

Xaridor birinchi ko’radigan joy. Bu yerda logotip, brend nomi, ba’zan o’lcham bo’ladi.

  • Jakard etiketka — logotip ipdan to’qiladi. O’chmaydi, yuvilmaydi, kiyim umri davomida turadi. Brendni “qimmat” ko’rsatadi.
  • Satin lenta — logotip bosiladi. Arzonroq, kichik tirajga qulay.

Tarkib va parvarish yorlig’i

Bu yorliqda odatda quyidagilar bo’ladi:

  • Tolaning tarkibi — masalan, “95% paxta, 5% elastan”;
  • Parvarish belgilari — yuvish harorati, oqartirish, quritish, dazmollash, kimyoviy tozalash belgilari;
  • O’lcham;
  • Ishlab chiqaruvchi nomi va mamlakati;
  • kerak bo’lsa — partiya raqami yoki shtrix-kod.

Bu yorliq ko’p marta yuviladi, shuning uchun satin yoki neylon lentaga resin ribbon bilan bosiladi.

Yorliqda nima majburiy bo’lishi tovar turiga va sotiladigan bozorga bog’liq. Eksport yoki marketpleys uchun tikayotgan bo’lsangiz, ularning talablarini oldindan tekshiring. Ba’zi tovar guruhlari uchun majburiy raqamli markirovka ham talab qilinadi.

Material tanlash bo’yicha qisqa maslahat

  • Teriga tegadigan joy (bolalar kiyimi, ichki kiyim) — yumshoq satin.
  • Katta tiraj, arzon — neylon lenta.
  • Premium brend — jakard brend yorlig’i + satin tarkib yorlig’i.

Ko’p uchraydigan xatolar

  1. Oddiy wax ribbon bilan bosish — matn birinchi yuvishdayoq o’chadi.
  2. Juda qattiq lenta — yorliq tanani tirnaydi, xaridor uni kesib tashlaydi.
  3. Kichik shrift — tarkib o’qib bo’lmaydi.

Logotip faylingizni yuboring — jakard va satin yorliq uchun maketni birga tayyorlaymiz.

NOVA-TEX

Narxini bilib oling

Raqamingizni qoldiring — menejer qo'ng'iroq qiladi yoki Telegram'da yozadi.

Yuborish orqali raqamingiz faqat shu so'rov bo'yicha bog'lanish uchun ishlatilishiga rozilik berasiz.