#NovaMaslahat · 4 daqiqa o'qish
Termal va termotransfer printer: qaysi biri sizga kerak?
Termal va termotransfer barkod printerning farqi, har birining kuchli va zaif tomoni. Qaysi ish uchun qaysi biri mos — oddiy tilda.
Barkod printer tanlayotganda birinchi savol — termal yoki termotransfer. Ikkalasi ham tashqi ko’rinishdan bir xil, lekin ishlash tamoyili boshqacha. Noto’g’ri tanlansa, yorliq bir oyda o’chib ketadi yoki ortiqcha pul sarflanadi.
Termal (to’g’ridan-to’g’ri termal) printer
Printer golovkasi maxsus termoqog’ozni qizdiradi, qog’ozning o’zi qorayadi. Ribbon kerak emas.
- Arzon: faqat etiketka sotib olasiz.
- Oddiy: ribbon almashtirish, sozlash yo’q.
- Lekin: yorliq quyosh, issiq va ishqalanishdan vaqt o’tib xiralashadi.
Qachon mos: savdodagi narx yorlig’i, tarozi, kuryer va marketpleys yuk xati — ya’ni yorliq bir necha hafta yoki oy yashashi yetarli bo’lgan joylar.
Termotransfer printer
Golovka ribbonni qizdiradi, ribbondagi bo’yoq etiketkaga o’tadi. Ko’p termotransfer printerlar ribbonsiz — termal rejimda ham ishlay oladi.
- Uzoq turadi: yorug’lik, issiq, sovuq va ishqalanishga chidamli.
- Har xil materialga bosadi: qog’oz, sintetik etiketka, satin va neylon lenta.
- Lekin: ribbon xarajati qo’shiladi va ribbonni materialga mos tanlash kerak.
Qachon mos: ombor, ishlab chiqarish, sovuqda saqlanadigan tovar, kiyim yorlig’i (satin, neylon) — yorliq uzoq yashashi kerak bo’lgan hamma joy.
Qisqa xulosa
| Termal | Termotransfer | |
|---|---|---|
| Ribbon | Kerak emas | Kerak |
| Yorliq umri | Qisqa | Uzoq |
| Satin/neylonga bosish | Yo’q | Ha |
| Xarajat | Pastroq | Biroz yuqoriroq |
Agar bugun faqat yuk xati bosayotgan bo’lsangiz-u, ertaga kiyim yorlig’i ham kerak bo’lishi mumkin bo’lsa — termotransfer printer olgan ma’qul: u ikkala ishni ham qiladi.
Qaysi biri kerakligini aniq bilmasangiz, nima bosmoqchi ekaningizni yozing — printer, etiketka va ribbonni birga moslab beramiz.